Get Mystery Box with random crypto!

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400mingga yaqinlashib qo | Abituriyentlar Kanali🎓

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 400mingga yaqinlashib qoldi

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 392 913 nafar. (2022-yil 7-iyul 18:00 holatiga)

Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 250 377 nafar (64 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 142 536 nafar (36 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 241 438 nafar. Shundan:

132 057 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
109 381 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Samarqand viloyati — 30 340 nafar.
Toshkent viloyati — 29 241 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 24 943 nafar.
Farg‘ona viloyati — 24 572 nafar.
Andijon viloyati — 21 498 nafar.
Toshkent shahri — 20 417 nafar.
Surxondaryo viloyati — 19 911 nafar.
Namangan viloyati — 15 880 nafar.
Buxoro viloyati — 13 743 nafar.
Jizzax viloyati — 12 823 nafar.
Xorazm viloyati — 11 913 nafar.
Navoiy viloyati — 10 754 nafar.
Sirdaryo viloyati — 10 152 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 190 nafar.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling

@AbituriyentlarOfficial