Get Mystery Box with random crypto!

Testga kirish uchun qancha toʻlov qilinadi? #abituriyent J | Abituriyentlar Kanali🎓

Testga kirish uchun qancha toʻlov qilinadi?
#abituriyent

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming soʻm toʻlaydi.

Test sinovi oʻtkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming soʻm miqdorida toʻlovni amalga oshirishi kerak.

Kimlar toʻlovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

ESLATMA: toʻlovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi. Ushbu toʻlovni boʻlib-boʻlib amalga oshirsa ham boʻladi, faqat 20-iyulga qadar (oʻsha kuni ham) toʻlanishi shart.

Abituriyentlarga ulashing...

@Abituriyentlar_kanal