Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga 2-kursdan sertifikat asosida ishlashiga ruxsat ber | 🎓 Abituriyentlar | Bilim va malaka baholash agentligi 2023 | Talabalar kanali

Talabalarga 2-kursdan sertifikat asosida ishlashiga ruxsat berilishi mumkin

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yildi.

Loyihada aytilishicha, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi.

Talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Qaysi yo’nalishlarda va qaysi kursdan sertifikat berilishi 2 oy ichida alohida tasdiqlanadi.


Istagan kino, filmni topib beruvchi bot @Finder_movies_netflixbot

Talabalarga ulashing
https://t.me/+sVAk_Y_0Ttw4N2Ri