Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi ? Doi | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Talabalar saylovda qatnashish uchun uylariga qaytadimi ?

Doimiy yashash hududidan olisda tahsil olayotgan talabalar saylovda ovoz berishi uchun doimiy yashash joyidagi saylov uchastkasiga borishlari shart emas.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovida ishtirok etish uchun talabalarga qoʻshimcha imkoniyat yaratildi. Unga koʻra, talabalar oʻz saylov uchastkasini oʻzgartirib, vaqtincha yashab turgan manzilidagi saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin boʻladi.

Masalan, Toshkentda tahsil olayotgan xorazmlik talaba saylov uchastkasini oʻzgartirish haqida onlayn ariza yuborib, Toshkent shahrida saylovda qatnasha oladi.

Oʻz saylov uchastkangizni almashtirish uchun quyidagi havola orqali ariza topshirishingiz kerak:
https://my.gov.uz/uz/service/492

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA