Get Mystery Box with random crypto!

​​Akademik ta'til qanday hollarda beriladi? Qonunchilikka ko‘ | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Akademik ta'til qanday hollarda beriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;
homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Manba: "Ilm-u urfon" kanali

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube | Facebook