Get Mystery Box with random crypto!

​​Samarqand davlat chet tillar institutiga qabul davom etayotg | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Samarqand davlat chet tillar institutiga qabul davom etayotganini bilasizmi ?

Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat bosqichi uchun 4 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qoʻshma ta’lim dasturi mavjud.

2021-2022-oʻquv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari uchun ajratilgan qabul kvotalari rasman tasdiqlangan.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 13-sentabridan 25-sentabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Abituriyentlar quyidagi qoʻshma ta’lim dasturlariga ariza topshirib, tahsil olishlari mumkin boʻladi:

Bakalavriat uchun

Janubiy Koreyaning Sunchunyan universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Malayziyaning “City University of Malaysia” universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari 30 nafar.

Rossiyaning Altay davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili” ta’lim yoʻnalishiga ajratilgan qabul kvotalari ham 30 nafarni tashkil etadi.

Magistratura mutaxassisligi uchun

Rossiyaning Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Lingvistika: ingliz tili” mutaxassisligiga ajratilgan qabul kvotalari 5 nafar.

Batafsil maʼlumot uchun telefonlar: +998933562802, +998662382980, +998662382936, +998662382932, +998662382946

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube