Get Mystery Box with random crypto!

​​Maktablarda darslar toʻliq anʼanaviy shaklda boshlanadi! Ham | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Maktablarda darslar toʻliq anʼanaviy shaklda boshlanadi! Hamma qatnab oʻqiydi, onlayn boʻlmaydi!

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov 6-sentyabrdan darslar toʻliq anʼanaviy tarzda boshlanishini maʼlum qildi.

Faqat quyidagi holatlar bolani vaqtincha taʼlim jarayoniga masofadan jalb etilishiga sabab boʻlishi mumkin:

1. Oʻzi yoki oila aʼzolaridan biri COVID boʻlib vaqtincha davolanishda boʻlgan oʻquvchilar uchun;

2. Oʻquv yili davomida oʻqituvchi yoki oʻquvchilar orasida COVID aniqlanib, vaqtinchalik karantinga olingan sinf yoki maktablar uchun;

3. Vaqtincha boshqa joyda oʻqishni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan maktablarning oʻquvchilari uchun.

Bunday oʻquvchilar uchun parallel ravishda darslar MTRK telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida berib boriladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube