Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Rasman: xotin-qizlar kollej, texnikumlarda grant o'qiydigan bo'ldi

Bunga oid hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, shu yildan kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o'qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.

Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo'ladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy