Get Mystery Box with random crypto!

​​Qachon haq berasiz?! Bolangiz oʻqishga kiribdi! Yaxshi gap | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!


Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin, deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon, qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Nuriddin Egamov

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube