Get Mystery Box with random crypto!

​​2023-yil 1-yanvardan boshlab ayrim o‘qituvchilarning oylik m | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​2023-yil 1-yanvardan boshlab ayrim o‘qituvchilarning oylik maoshlari keskin oshirilishi mumkin.

“2022-2026-yillarda Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”
gi Prezident farmoni loyihasida aytilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarining oylik maoshlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Yaʼni malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilarning oylik maoshi quyidagicha oshiriladi:

2023-yil 1-yanvardan boshlab oliy toifali oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 100 foizga;

birinchi toifali oʻqituvchilarning oylik maoshi 50 foizga.

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab oliy hamda birinchi toifali oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalari yana 50 foizga.

2024-yil 1-sentyabrdan boshlab oliy toifali oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga;

birinchi toifali oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalarini 25 foizga oshirish nazarda tutiladi.

Shuningdek, olgan milliy yoki xalqaro sertifikati belgilangan talablariga javob beradigan oʻqituvchilarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi.
Bunda:

2022-yil 1-sentyabrdan
tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida;

2023-yil 1-sentyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy tilni (ingliz, fransuz, nemis) bilish darajasiga ega boʻlgan STEM (fizika, kimyo, biologiya, informatika, matematika, geografiya) fanlari oʻqituvchilariga qoʻshimcha 50 foiz miqdorida har oylik ustamalar qoʻllash nazarda tutiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube