Get Mystery Box with random crypto!

​​Masofaviy ta’lim shakli uchun ham kvotalar shakllantiriladi | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​​Masofaviy ta’lim shakli uchun ham kvotalar shakllantiriladi

● Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish rejalashtirilmoqda.

● 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022-yilda kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish mo‘ljallangan.

● Bundan tashqari, 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

● Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

● Qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.

● Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026 yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube