Get Mystery Box with random crypto!

​#QISHKI_PEREVOD O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQARO | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

​#QISHKI_PEREVOD

O‘QISHINI KO‘CHIRISH ISTAGIDA BO‘LGAN FUQAROLAR DIQQATIGA!

Hududiy ishchi guruhlari 2022-yilning 20-yanvar kuniga qadar (shu kuni ham) soat 9:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi.

Bahorgi semestrda quyidagi uzrli sabablarga ko‘ra hududiy ishchi guruhlariga ariza topshirishlari mumkin.

2021/2022-oʻquv yili mobaynida:

respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan (doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) hududga ko‘chib o‘tganda;

turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi harbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda;

ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda.

Ushbu sabablardan boshqa holatlarda fuqarolar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha umumiy tartibda har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha (ko‘chirib tiklash bundan mustasno) arizalar talabaning chetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’i nazar bevosita muayyan OTMga taqdim etiladi.

Batafsil maʼlumot - https://t.me/Abituriyentlar/1242?comment=1117100

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA