Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Yoshlar

Telegram kanalining logotibi abituriyent_yoshlar — Abituriyent Yoshlar A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_yoshlar — Abituriyent Yoshlar
Kanal manzili: @abituriyent_yoshlar
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ittifoqi MK
BT bo'limi
===||===
OTMlariga talabalikka nomzod - abituriyent yoshlarning Rasmiy Kanali
Creator - @shavkatovich_uz
Admin -@jaloliddin_eshquvvatov
@abituriyent_yoshlar_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-06-23 13:26:05 Savol: 2020/2021 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish jarayoni qanday tartibda o‘tkaziladi?

Inomjon MAJIDOV, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri:

- 2020/2021 o‘quv yiliga respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

2020 yilning 15 iyulidan 5 avgustiga qadar hujjatlar qabul qilinadi (hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati yaratiladi);
6 avgustdan 30 avgustga qadar arizalar ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.

Do'stlarga ulashing
t.me/abituriyent_yoshlar
475 viewsedited  10:26
Ochish/sharhlash
2020-06-21 08:16:42 #DOLZARB
Qonunchilikka ko‘ra, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) mehnat shartnomasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasasida yoki boshqa tashkilotlarda ishlashga ruxsat beriladi.

Do'stlaringizga ulashing
t.me/abituriyent_yoshlar
3.7K viewsedited  05:16
Ochish/sharhlash
2020-06-20 17:28:18 ​​​​ Avvalgi yilda bitirgan abituriyentlar to‘lov qilishi kerakmi?

Ha, kerak.
Joriy yilda ham maktab, kollej va litseyni avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar testga kirish uchun to‘lov qilishadi.

To‘lov miqdori - 111 ming 500 so‘m.

To‘lovni qanday to‘lash mumkin?

- Onlayn.
Plastik kartalar orqali onlayn to‘lash mumkin. Bunda onlayn hujjat topshirayotganda plastik karta maʼlumotlarini kiritib, to‘lash tugmasini bossangiz, plastik karta ulangan kartaga SMS keladi va shu orqali to‘laysiz;

- Banklarda. DTM saytida yoki Davlat xizmatlari markazida chiqarib berilgan invoys orqali istalgan bank filiallarida to‘lashingiz mumkin.

5 ta yo‘nalishga alohida to‘lanadimi?

Yo‘q,
abituriyent nechta yo‘nalishga hujjat topshirishidan qatʼi nazar, faqat bir marta 111 ming 500 so‘m to‘laydi.

O‘qishga kira olmasa pul qaytarib beriladimi?

Yo‘q,
bu to‘lov test jarayonlariga kirish uchun beriladigan to‘lovdir. Abituriyent o‘qishga kirgan yoki kirmaganidan qatʼi nazar, bu to‘lov qaytarib berilmaydi.

Abituriyent testga kelmasa pul qaytarib beriladimi?

Yo‘q,
qaytarib berilmaydi.

Faqat ijodiy (kasbiy) imtihon topshiradiganlar ham to‘lov qiladimi?

Yo‘q,
ushbu to‘lov faqat testga kirish uchun to‘lanadi. Test mavjud bo‘lmagan, faqat ijodiy imtihonlardan iborat bo‘lgan yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi. Agar ijodiy imtihonlardan iborat yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlar adashib to‘lov qilib qo‘ysa, ularga pullari qaytarib beriladi.

Kimlardan pul olinmaydi?

Nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar to‘lovdan ozod etiladi.

Batafsil maʼlumot
t.me/abituriyent_yoshlar

Abituriyent yoshlar
421 viewsedited  14:28
Ochish/sharhlash
2020-06-20 08:27:54 Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar
#abituriyent

Bu yil abituriyentlar abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz veb saytlari orqali online hujjat topshiradilar.

Shuningdek, Maxsus komissiya tasdiqlab bergan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham hujjat topshirish mumkin. Ya'ni DXMlar barcha joyda hujjat qabul qilmaydi, faqat ayrim hududlarda ishlaydi. Bu ko'proq yashil hududlarda bo'lsa kerak.

OTMga borib hujjat topshirilmaydi.

Abituriyentlar online ro'yxatdan o'tayotganda JSHSHIR raqam kiritadilar.

JSHSHIR raqam nima va uni qanday aniqlash mumkinligi bu yerdan bilib olishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/6086

Online hujjat topshirish jarayonida kerak bo'ladigan hujjatlar:

Pasport
Shahodatnoma yoki Diplom
Imtiyoz beruvchi hujjat (agar ega bo'lsangiz)

Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asli yoki skaner qilingan nusxasi talab qilinmaydi. Faqatgina hujjatlardagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi xolos.

Ammo imtiyoz beruvchi hujjatlar bundan mustasno. Ya'ni ushbu hujjatning skaner qilingan shakli ham jo'natiladi.

Sizdan talab e'tilmaydi:

Rasm
MFYdan ma'lumotnoma
Tibbiy ma'lumotnoma...

Sizda doimiy ishlaydigan telefon raqam bo'lishi kerak. Chunki DTM bazasidan keladigan SMS xabarni siz tasdiqlashingiz kerak bo'ladi.

Online hujjat topshirish jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

Batafsil ushbu videoda
https://dtm.uz/post/view/dtm-sayti-orqali-ro-yxatdan-o-tish

xushnudbek

t.me/abituriyent_yoshlar
476 viewsedited  05:27
Ochish/sharhlash
2020-06-20 05:29:27
Hurmatli abituriyentlar!

Davlat test markazining @rasmiydtm rasmiy Telegram kanali abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn ro'yxatga olish boshlanganini ma'lum qildi.

Sizlarga do'stona maslahatimiz: hozir ro'yxatga o'tishga shoshilmang. Hali tizimning xatolari mavjud. Shu sababli ertaga muammoga duch kelishingiz mumkin. Yaxshisi 4-5 kun sabr qilib kuting, tizim har tomonlama yaxshi ishlab olsin, keyin bemalol topshiraverasiz.

Guruhga a'zo bo‘lish:
@abituriyent_yoshlar
436 viewsedited  02:29
Ochish/sharhlash
2020-06-19 12:16:17
Duolingo.com - xorijiy tillarni bepul o'rgatadigan va qiziqarli bo'lgan interaktiv sayt.

Darslarni ketma-ketlikda interaktiv shakilda organasiz va amaliy bajarib borasiz. Til o'rganish jarayonida o'zingizni huddi o'yin o'ynab o'tirganday his qilasiz.

Xorijiy tillarni bilmasangiz frilanserlik qilib pul topa olmaysiz. Bugundan boshlab xorijiy tillarni o'rganishni boshlang.

Xorijiy tillarni bilish Sizga katta imkoniyatlar eshigini ochadi!

ITbusiness school

t.me/freelancer_yoshlar
22 views09:16
Ochish/sharhlash
2020-06-17 21:18:02 #motive

1. Yesterday you said tomorrow.
Now is the time.

(Kecha ertaga deganding. Demak bugun ayni payti.)

2. You can't win in the life, If you are losing in your mind.
(Hayotda umuman g'alaba qozonolmaysan. Agarda ongingda allaqachon yutqazgan bo'lsang.)

t.me/ajumaboyev
19 views18:18
Ochish/sharhlash
2020-06-17 21:17:15 Maxsus sirtqi haqida ma'lumot!

Maxsus sirtqi shaklda - faqat tegishli yoki turdosh talim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotiga va ta'lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar kamida 3 yil ta'lim olishadi.

Abituriyent universitet qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi; (skanerlangan holatda)
- pasport nusxasi; (skanerlangan holatda)
- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;
- tavsiyanoma.

t.me/abituriyent_yoshlar
315 viewsedited  18:17
Ochish/sharhlash
2020-06-17 09:00:24
#Биласизми

2020/2021 ўқув йилида абитуриентларни онлайн рўйхатга олиш тартиби

Каналга уланиш
https://t.me/abituriyent_yoshlar
394 viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2020-06-16 10:44:54 #abituriyent

Аввалги йилда битирган абитуриентлар тўлов қилиши керакми?

Ҳа, керак. Жорий йилда ҳам мактаб, коллеж ва лицейни аввалги йилларда битирган абитуриентлар тестга кириш учун тўлов қилишади.

Тўлов миқдори - 111 минг 500 сўм.

Тўловни қандай тўлаш мумкин?

- Онлайн. Пластик карталар орқали онлайн тўлаш мумкин. Бунда онлайн ҳужжат топшираётганда пластик карта маълумотларини киритиб, тўлаш тугмасини боссангиз, пластик карта уланган картага SMS келади ва шу орқали тўлайсиз;

- Банкларда. ДТМ сайтида ёки Давлат хизматлари марказида чиқариб берилган инвойс орқали исталган банк филиалларида тўлашингиз мумкин.

5 та йўналишга алоҳида тўланадими?

Йўқ, абитуриент нечта йўналишга ҳужжат топширишидан қатъи назар, фақат бир марта 111 минг 500 сўм тўлайди.

Ўқишга кира олмаса пул қайтариб бериладими?

Йўқ, бу тўлов тест жараёнларига кириш учун бериладиган тўловдир. Абитуриент ўқишга кирган ёки кирмаганидан қатъи назар, бу тўлов қайтариб берилмайди.

Абитуриент тестга келмаса пул қайтариб бериладими?

Йўқ, қайтариб берилмайди.

Фақат ижодий (касбий) имтиҳон топширадиганлар ҳам тўлов қиладими?

Йўқ, ушбу тўлов фақат тестга кириш учун тўланади. Тест мавжуд бўлмаган, фақат ижодий имтиҳонлардан иборат бўлган йўналишларга топширган абитуриентлардан тўлов ундирилмайди. Агар ижодий имтиҳонлардан иборат йўналишларни танлаган абитуриентлар адашиб тўлов қилиб қўйса, уларга пуллари қайтариб берилади.

Кимлардан пул олинмайди?

Ногиронлиги бўлган ёки тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар тўловдан озод этилади.

xushnudbek

t.me/abituriyent_yoshlar
1.2K viewsedited  07:44
Ochish/sharhlash