#Bilasizmi #Qabul2022 IELTS sertifikati seriyasi va raqami | Davlat Test Markazi
#Bilasizmi #Qabul2022
IELTS sertifikati seriyasi va raqami qaysi ekanini bilasizmi?
Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.
Bunda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari lozim.
Hozirda ayrim abituriyentlar tomonidan IELTS sertifikati ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga nima kiritiladi degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.
IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...