Get Mystery Box with random crypto!

​​#SavollargaJavoblar #Qabul2022 Savol: Ehtiyojmand oilala | Davlat Test Markazi

​​#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomalar qancha muddat davomida amal qiladi?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq tavsiyanomalar oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga bir yilga beriladi.

Lekin 2020-yilda berilgan tavsiyanomalar rasmiylashtirib berilgan sanadan e’tiboran 3 yil muddat davomida kuchga ega bo‘lishi belgilangan.

Demak, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarning amal qilish muddati quyidagicha:

2020-yilda berilgan tavsiyanomalar — 3 yil;
2021-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil;
2022-yilda berilgan tavsiyanomalar — 1 yil.

Izoh: tavsiyanoma ajratilgan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishida tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi