Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 boʻladi Demak, joriy | Davlat Test Markazi

Joriy yilda ham testda maksimal ball 189 boʻladi

Demak, joriy yilda xuddi oʻtgan yildagidek 5 ta fandan test olinadi va toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball 189 boʻladi

Мajburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi)

1) Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Мatematika
3) Oʻzbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10tadan savol tushadi har biri uchun 1,1ball beriladi.

Majburiy blokdan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball–33 ball

Тa’lim yoʻnalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar (yoʻnalishiga qarab oʻzgaradi)

1-fan-30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball
2-fan-30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball

Mutaxassislik fanidan jami toʻplash mumkin boʻlgan ball–156 ball

Oʻylash uchun jami 3 soat vaqt Agar chet tilidan sertifikati boʻlsayu, faqat majburiy blok va 1 ta mutaxassislik fanidan test topshirsa, unda 2 soat beriladi
Bu vaqt ichiga javoblarni boʻyash ham kiradi, ya’ni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi
XULOSA joriy yil 5 ta fan 90 ta savol, 189 maksimal