Get Mystery Box with random crypto!

Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi | Abituriyent Plus

Fevral oyi uchun hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirildi

2021-yil 1-fevral kuni Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari uchun talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish boshlangan bo‘lib, 5-fevral kuniga qadar davom etishi belgilangan edi.

Talabgorlarning murojaatlariga asosan, hujjatlarni qabul qilish 10-fevral kuniga qadar (10-fevral kuni ham) uzaytirildi.

Test sinovlari esa 24-25-fevral kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan bu yerda tanishishlari mumkin.

@abituriyent_plus