Get Mystery Box with random crypto!

#tezkor #yangilik Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabala | Abituriyent OFF | Rasmiy

#tezkor #yangilik

Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham O'zbekistonga oʻqishini koʻchirishi mumkin

Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois”ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul kilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

@Abituriyent_Off