Get Mystery Box with random crypto!

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi “Jis | Abituriyent OFF | Rasmiy

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori boʻlgan xorijiy OTM dasturiga koʻra shakllantiriladi.

2023/2024 oʻquv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib (1-oʻrin) boʻlgan sportchilar.

Jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

@Abituriyent_Off