Get Mystery Box with random crypto!

#sessiya_haqida ​ Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorl | Abituriyent | Bilimni baholash agentligi

#sessiya_haqida

​ Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib,shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varaqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

Sessiya bu - 12 varaqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...

#hazil

Davomi bor....

Talabalarga ulashing

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi O'TISH BALLARI qancha ekanligini va namunaviy test savollarini @mandatlar_1_robot orqali bilib olishingiz mumkin!

Barcha Abituriyentlarga ulashing!

Foydali
@mandatlar_1_robot

@Abituriyent_hd Abituriyentlar tanlovi.