Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_uz — Abituriyent | Rasmiy Kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_uz — Abituriyent | Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @abituriyent_dtmuzb_uz
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!
Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-26 10:35:58
5 blokli test sinovlarida foydalaniladigan javoblar varaqasi (Titul) namunasini yuklab oling

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang.

Unutmang: Javoblar varaqasi faqatgina bir marta beriladi. Xato qilgan abituriyentlarda boshqa imkoniyat mavjud bo‘lmaydi!


Barcha abituriyentlarga ulashing!
https://t.me/+T7TzENqdSQfW9i71
2.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:33:14 #Тезкор

ДТМ: Тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди.

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 13-сон баёни билан 2022-2023-ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига мос тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.

Тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари билан юқоридаги пдф файлда танишишингиз мумкин

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
3.8K views09:33
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:10:17 Testga nimalar olib kirish mumkin?

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
abituriyent ruxsatnomasi;
kepka yoki panama;
oddiy qoʻl soati (elektron smart-soat mumkin emas);
optik koʻzoynak (boshqa koʻzoynaklar mumkin emas);
pul;
dastroʻmol;
kalit.


Quyidagilar mumkin emas:

telefon yoki boshqa elektron qurilmalar;
shpargalka, kalkulyator; va h.k.
ruchka (ichkarida beriladi);
suv (ichkarida beriladi);
qoralama qogʻoz (ichkarida beriladi);
Mendeleyev yoki fizik kattaliklar jadvali (ichkarida beriladi);
mashina pulti (kirish postida)


Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Bizning manzil

https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.7K views09:10
Ochish/sharhlash
2022-04-25 09:47:11
Отмларга кириш тест синовлари учун тўлов ундирилмайдиган абитуриентлар тоифаси кенгайди.

Президент фармони билан ОТМларга кириш тест синови учун тўлов ундирилмайдиган абитуриентлар тоифаси кенгайди. Унга кўра, қуйидаги тоифадаги абитуриентлардан тўлов ундирилмайди:
– тест синовлари ташкил этилаётган йилда таълим муассасаларини тугатган абитуриентлар;
– ногиронлиги бўлган шахслар;
– тўлиқ давлат таъминотидаги шахслар (Меҳрибонлик уйи ва Болалар шаҳарчасининг битирувчилари);
– “Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизимида рўйхатга олинган шахслар ва уларнинг фарзандлари;
– “ёшлар дафтари”га киритилган ёшлар.

Сафимизга қўшилинг:

https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.3K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-04-24 14:57:19
«Магистратурага ўқишга кириш учун мутахассислик фанларидан имтиҳонларни бекор қилиш тартиби кўриб чиқилмоқда» — Абдуқодир Тошқулов

Сафимизга қўшилинг:

https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.1K views11:57
Ochish/sharhlash
2022-04-23 07:38:30
Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (MK 233-234-moddalar);

salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.1K views04:38
Ochish/sharhlash
2022-04-22 16:20:39
Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan Ukrainadan qaytib, respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shu munosabat bilan ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi.

Manba: edu.uz

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.0K views13:20
Ochish/sharhlash
2022-04-21 13:47:13
#Расман

2021/2022 ўқув йили якунида 5-6-7-8 ҳамда 10-синфларнинг босқичли имтиҳонлари бўлмайди — ХТВ.

Ўзбекистон мактабларида 9- ва 11-синф ўқувчиларини якуний назорат имтиҳонлари 26 майдан 15 июнга қадар ўтказилади.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.6K views10:47
Ochish/sharhlash
2022-04-20 09:24:29
Шавкат Мирзиёев «Янги Ўзбекистон» университетининг лойиҳаси билан танишди

Университет учун Тошкентнинг Мирзо Улуғбек тумани Дўрмон йўли кўчаси бўйида 30 гектар ер ажратилган. Мажмуа лойиҳаси Туркиянинг «Outdoor Factory» компанияси билан ҳамкорликда ишлаб чиқилган.

Унга кўра, бу ерда 5 та факультет учун ўқув бинолари, маъмурият, ўқитувчилар ва талабалар учун ётоқхоналар, ошхона, кутубхона, лаборатория, спорт саройи ва стадион барпо этилади.

Айни вақтда ушбу ҳудудда Президент мактаби бор. Келгусида Президент таълим муассасалари агентлиги ҳам шу ерда жойлашади.

Сафимизга қўшилинг:
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.3K views06:24
Ochish/sharhlash
2022-04-19 11:09:26
Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига.

Жорий йилда ОТМга ҳужжат топширишни режалаштирган 16 ёшга тўлган мактаб битирувчилари ўз вақтида фуқаролик паспорти — ID карта олишлари шарт.

Айни пайтда 16 ёшга тўлган 122 мингдан ортиқ битирувчилар ID карта олмаган.

Каналга уланиш:
https://t.me/+oQostyjRgmYyMzli
2.3K views08:09
Ochish/sharhlash