Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylarga hujjat topshirish 1-iyundan 30-iyungacha | Abituriyent | Axborot portali

Akademik litseylarga hujjat topshirish 1-iyundan 30-iyungacha davom etadi – Qaror loyihasi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan Nizomga ko‘ra:

Akademik litseylarga abituriyentlarni о‘qishga qabul qilish uchun rо‘yxatdan о‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 1-iyundan 30-iyunga qadar bepul amalga oshiriladi.

  Abituriyent о‘zi tо‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlariga 30-iyundan sо‘ng о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritishi taqiqlanadi.

Shuningdek:

imtihonlar (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) akademik litseyda ta’lim olib boriladigan tilda (о‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) о‘tkaziladi;

imtihon (dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari) materiallari (topshiriqlari) umumta’lim fanlari (5-9 sinflar) dasturlari asosida tuziladi;

dastlabki yozma imtihon natijalari qoniqarli va undan yuqori baholangan abituriyentlarga Bilimni baholash agentligi tomonidan о‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi;

abituriyentlarning dastlabki yozma imtihonda tо‘plangan ballari tanlov natijalarini e’lon qilishda inobatga olinmaydi.

Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv