Keyingi milliy sertifikat imtihonlari qachon bo'ladi degan sav | Abituriyent | Axborot portali
Keyingi milliy sertifikat imtihonlari qachon bo'ladi degan savollarga o'rin qolmadi
Bilim va malakalarni baholash agentligi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigini e'lon qildi.
2023-yilning 1-yarmida kimyo, fizika, ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda 2023-yilning 1-yarmi uchun milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra kimyo va fizika fanlaridan:
ro‘yxatga olish — 23-fevraldan 8-martgacha; test sinovlari — 2-aprel kuni;
ona(o‘zbek, rus, qoraqalpoq)tili va adabiyot fanidan:
ro‘yxatga olish — 3-apreldan 16-aprelgacha; test sinovlari — 30-aprel kuni;
tarix va geografiya fanlaridan:
ro‘yxatga olish — 24-apreldan 7-maygacha; test sinovlari — 21-may kuni o‘tkaziladi.
Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!. - Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring. 📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot. 📬 Reklama: http...