Get Mystery Box with random crypto!

​ Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarin | Abituriyent

Savol: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida umumiy qancha vaqt ajratiladi ?

Javob: Davlat komissiyasining 13-son bayoniga muvofiq joriy yilgi test sinovlarida abituriyentlarga 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fandan jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratilishi belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 90 ta test topshirig‘i uchun 3 soat vaqt beriladi.

Agar abituriyentda mutaxassislik fanining bittasidan sertifikat mavjud bo‘lsa yoki bitta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirsa, unga 1 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Agar abituriyent faqat majburiy fanlar bo‘yicha test sinovida ishtirok etsa, unga 3 ta majburiy fan bo‘yicha 30 ta test topshirig‘i uchun 1 soat vaqt beriladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube