Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xor | Abituriyent

O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi !

Taʼlim Inspeksiya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 14 fevraldagi qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2022 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida"gi qaroriga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadi.


Oliy ta’lim muassasalarining to‘liq ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.

uztdi

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube