Get Mystery Box with random crypto!

10-fevral talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni ! | Abituriyent

10-fevral talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni !

Fevral oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 2022-yil 10-fevral kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 10-fevralga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.


Shuningdek, talabgorlar 11-fevralga qadar Davlat test markazi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishlari lozim.

Test sinovlari 28-fevral kunidan boshlab, ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, urdu, pushtu va dari tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tilni bilish darajasi B2 yoki undan yuqori bo‘lgan sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube