Get Mystery Box with random crypto!

Kontrakt toʻlovlari 1-martga qadar uzaytirildi ! Respublika | Abituriyent

Kontrakt toʻlovlari 1-martga qadar uzaytirildi !

Respublika taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilar oʻqishi uchun kontrakt miqdorini toʻlashning soʻnggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.


Ushbu muddat quyidagilar:

Toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

Toʻlov-kontrakt asosida professional taʼlim muassasalari (texnikum, kollej)ga oʻquvchilikka tavsiya etilganlar;

Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

Oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube