Get Mystery Box with random crypto!

Endi pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlarning fakultetlari do | Abituriyent

Endi pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTMlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi. !

Buning uchun Toshkent shahridagi 5 ta hamda hududlardagi 17 ta pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliygohlarning fakultetlari doimiy tarzda maktablarga biriktiriladi.

Bunda, 1-kursdanoq ushbu fakultetlardagi darslarning 4 kuni oliygohda, 2 kuni bevosita maktablarda oʻqitiladi.

Maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni nazariy bilimlar bilan birga fikrlashga chorlaydigan metodikalarni joriy qilish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

“Bir narsani yaxshi tushunish kerak. Hozirgi sharoit, muhit va imkoniyat 30-40 yil oldingi davrdan umuman boshqacha. Shuning uchun oʻqitish metodikasi ham, darslik ham, pedagoglarning yondashuvi ham zamonga mos ravishda tubdan oʻzgarishi kerak”, dedi Prezident.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube