Get Mystery Box with random crypto!

Elektr energiyasi uzilishi sabab oʻtmay qolingan onlayn darsla | Abituriyent

Elektr energiyasi uzilishi sabab oʻtmay qolingan onlayn darslar yoki imtihonlar boshqa kuni oʻtkaziladimi ?

Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aholi oʻrtasida tarqalish xavfining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar tavsiyalariga asosan joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda dars mashgʻulotlari onlayn shaklda boshlandi.

25-yanvar kuni Respublikamizning ayrim hududlari va Toshkent shahrining aksariyat tumanlarida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ayni paytda ayrim tumanlarda ta’minot tiklandi, aksariyat tumanlarda esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi berib borilmoqda.


25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi hamda odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube