Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish imtihoni endi pulli bo‘ladi | Abituriyent

Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish imtihoni endi pulli bo‘ladi !

Xorijdagi oliygohlardan O‘zbekistondagi OTMga o‘qishni ko‘chirish maqsadida test topshirish uchun to‘lov joriy qilinadi.

“Xorijiy OTMlardan O‘zbekiston OTMlariga kelib, o‘qishni ko‘chirish istagini bildirganlarga test topshiriqlari shakllantiriladi. Bularga o‘sha avvalgi 2020 yilda qanaqa tartibda test topshiriq bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu test materiallari bo‘yicha to‘lovli test o‘tkaziladi.

Shaffoflik o‘sha biz tanlagan katta binolarda kuzatuv kameralari orqali, o‘zimizning an’anaviy test qanaqa bo‘ladigan bo‘lsa, xuddi shunaqa sharoitda bo‘ladi”, – dedi DTM rahbari Majid Karimov.

O‘qishni ko‘chirish jarayonlari 15 iyuldan boshlanadi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube