Get Mystery Box with random crypto!

TDYUda kredit toʻplash va koʻchirishning yevropa modeli joriy | Abituriyent

TDYUda kredit toʻplash va koʻchirishning yevropa modeli joriy etiladi !

Kredit-modul tizimida 1 kredit oʻrtacha 25-30 soatlik oʻquv yuklamasiga teng.

Bunda:

bakalavriatda – 40-50% auditoriya soati, 50-60% mustaqil ish soatiga.

magistraturada – 30-40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soati.

Talaba bir semestrda 30 kredit, oʻquv yilida esa 60 kredit toʻplashi lozim.

Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatini sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha kreditni oʻzlashtirmagan boʻlib akademik qarzdor hisoblanadi.

Qarzdor talabalar taʼtil vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos toʻlov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlov qilganidan keyin oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqishi mumkin boʻladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube