Get Mystery Box with random crypto!

Bobotogʻliklarga oʻqishga kirish uchun imtiyoz beriladi ! Y | Abituriyent

Bobotogʻliklarga oʻqishga kirish uchun imtiyoz beriladi !

Yangi oʻquv yilida Uzun tumani Bobotogʻ hududidagi yoshlar uchun oʻqishga kirishda maxsus kvotalar ajratiladi

2021/2022 oʻquv yilidan kelgusi uch oʻquv yili davomida Uzun tumani Bobotogʻ hududidagi yoshlar uchun davlat grantlari boʻyicha kvotalarni oshirish limitlari doirasida Surxondaryo viloyatidagi pedagogika va tibbiyot yoʻnalishlaridagi oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha maxsus kvotalar ajratiladi.

Maxsus kvota boʻyicha oʻqishga qabul qilingan yoshlar oliy maʼlumotga ega boʻlganidan soʻng, oʻz hududida kamida 5 yil davomida mehnat qilishi koʻzda tutilgan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube