Get Mystery Box with random crypto!

Milliy test tizimi uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi ! Ona | Abituriyent

Milliy test tizimi uchun ro'yxatdan o'tish boshlandi !

Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikatlash imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 15-mayga qadar davom etadi.

2021-yil 3-martdan 3-aprelga qadar kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar onlayn ro‘yxatga olindi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar uchun test sinovlari kimyo fanidan 11-may kuni, biologiya fanidan esa 12-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Buning uchun talabgorlar “Milliy sertifikatlar” bo‘limidan tegishli fanni tanlab test sinoviga ariza berishlari mumkin.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube