Get Mystery Box with random crypto!

#Eʼlon | #Perevod | #Xorijdan Xorijiy hamda nodavlat OTMdan | Abituriyent | Dtm.uz

#Eʼlon | #Perevod | #Xorijdan

Xorijiy hamda nodavlat OTMdan o‘qishini Milliy rassomlik va dizayn institutiga ko‘chirish istagida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR 27-avgust kuni o‘tkaziladi.

Talabgorlar kasbiy (ijodiy) imtihonlarga soat 8:00 dan kechikmasdan quyidagilarni o‘zlari bilan birga olib kelishlari so‘raladi:

mo‘yqalam, bo‘yoq kabi zaruriy vositalar (qog‘oz, loy va xolst institut tomonidan beriladi);

shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

abituriyent qayd varaqasi.

Xorijiy fuqarolar uchun KIRISH SUHBATI ham 27-AVGUST kuni oʻtkaziladi.

Xorijiy fuqarolar faqat SHAXSINI TASDIQLOVCHI HUJJAT bilan soat 10:00 dan kechikmasdan kelishlari lozim.

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy. Institut bosh binosi.

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV