Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtiro | Abituriyent | Dtm.uz

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bunda 2-smenada bo‘lib o‘tadigan test sinovlari 18:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan yuklab olish mumkin.

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV