Get Mystery Box with random crypto!

Koronavirusga chalingani uchun test sinovlariga kelolmaganlar | Abituriyent | Dtm.uz

Koronavirusga chalingani uchun test sinovlariga kelolmaganlar soni 1.200 nafardan ortiq ekan!

DTMning ma'lum qilishicha, 948 ming 211 nafar hujjat topshirgan abituriyentning 55 ming 969 nafari testda qatnashmagan.

Shundan 110 nafar abituriyent tana harorati 37º C dan yuqori bo‘lgani uchun testga kiritilmagan bo'lsa, 1 200 nafardan ziyod abituriyent koronavirus bilan kasallanganligi sababli test sinovlarida ishtirok eta olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, hozirda ularning ma’lumotlari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Isitmasi yuqoriligi sabab testga kiritilmaganlar va koronavirusga chalingani sabab imtihonga kela olmaganlar uchun qayta testlar o‘tkazilgandan keyin yakuniy natijalar e'lon qilinadi.

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV