Get Mystery Box with random crypto!

Rasman: mandat avgust oyida chiqmaydi Test sinoviga kelgan | Abituriyent | Dtm.uz

Rasman: mandat avgust oyida chiqmaydi

Test sinoviga kelgan vaqtda 110 nafar abituriyentning tana harorati 37º C dan yuqori ekanligini aniqlanganligi sababli boshqa abituriyentlarning salomatligini o‘ylagan holda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, test sinovlariga kiritilmadi. Ular uchun 30-avgustga qadar qo‘shimcha test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Hozirda test sinovida ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilingan bo‘lib, tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng yakuniy tanlov natijalari hisoblanadi va Davlat komissiyasining bayoni bilan e’lon qilinadi.

Hullas, mandatni avgust oyida chiqishni kutmang!

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV