Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar ovvora bo'lgani qoldi! Kecha xabar berganimizd | Abituriyent | Dtm.uz

Abituriyentlar ovvora bo'lgani qoldi!

Kecha xabar berganimizdek, bugun 3-avgust kuni ertalab soat 09:00 dan 10:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test topshirishi belgilangan stadion yoki xiyobonga kelib, u yer bilan tanishib ketishlari mumkin edi.

Afsuski, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan videofiksatsiya tizimi sinovdan o‘tkazilishi kerak bo'lgan texnikalarda nosozlik kuzatilgani uchun abituriyentlar ichkariga kiritilmayabdi.

Test maydonlariga kelgan abituriyentlar 1 soatdan ortiq vaqt davomida issiqda qolishmoqda va ba'zilari uylariga qaytishni boshlashdi.

P.s: Ehh, bu O‘zbekiston, bu yosh kelajak...!!
Abituriyentlardan yig‘ilgan million-million pullar qayerga ketmoqda, nimalarga sarflanmoqda?
1 yilda 1marta 1 oy bo‘ladigan test uchun 12 oy davomida tayyorgarlik ko‘rilmagan?
Yana bular o‘qishga kirishni qiyin qiladi. Undan texnikangni to‘g‘rila.


@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV