Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar 22-iyulgacha (shu kuni ham) onlayn roʻyxatdan o | Abituriyent | Dtm.uz

Abituriyentlar 22-iyulgacha (shu kuni ham) onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin

Koʻpchilik Hayit bayrami munosabati bilan 3 kunlik dam olish berilgani abituriyentlarga taʼsir qilmaydimi deb savol bermoqda.

Yoʻq, bu taʼsir qilmaydi. Abituriyentlar avvalgi davrdagidek hujjatlarini koʻtarib, qabul komissiyasiga borishmaydi. Balki shunchaki my.dtm.uz sayti orqali hatto telefonidan ham bemalol roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Shu sababli dam olish va bayram kunlari hujjat topshirishga hech qanday toʻsqinlik qilmaydi.

Abituriyentlar 22-iyul, payshanba kuni soat 23:59 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Lekin maslahatim - oxiriga qadar taqab obormang. Har xil kutilmagan texnik muammolar paydo boʻlib qolishi mumkin. Shu sababli bugun yoki ertaga roʻyxatdan oʻtib, onlayn toʻlovni amalga oshirib qoʻying.

Yana koʻpchilik toʻlov haqida ham savol bermoqda. Dam olish kunlari banklar ishlamaydi, avvalgi yilda bitirganlar toʻlovni qanday amalga oshiradi, deb. Buning yoʻli juda oson, bemalol PayMe, Click, UPay va yana bir nechta elektron toʻlov tizimlari orqali dam olish kunlari, kunning istalgan paytida onlayn toʻlash mumkin.

@Abituriyentsuz