Get Mystery Box with random crypto!

#Professional_taʻlim Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim sha | Ak

#Professional_taʻlim

Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi

Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi.

Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga:

- sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
- kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
- dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.

@Abiturentlar_kanaIi