Get Mystery Box with random crypto!

Xotin-qizlar uchun 7 yillik foizsiz ta’lim krediti 2022/202 | Ak

Xotin-qizlar uchun 7 yillik foizsiz ta’lim krediti

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini davlat budjetidan ajratishning yangi tizimi joriy etildi.

Tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 7 yil muddatga 14 foiz stavkada ajratadi. Bunda kreditning foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Rasmiy kanali
https://t.me/+sb8gyJ8cW-llZDY6