Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar Kanali

Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali A
Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali
Kanal manzili: @abiturentlar_channel
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.85K
Kanalning ta’rifi

✍️ —Abituriyentlar telegram sahifasiga xush kelibsiz!
🖥️ —Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring va talabaga aylaning
Admin: @AloqaMedia
Tijoriy hamkor: @UNIHUB_Agentligi

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-14 20:44:47 ​​IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

Hulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

Alisher Ro'zioxunov

IELTS sertifikat olmoqchi bo'lganlarga yuboring!

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
2.0K views17:44
Ochish/sharhlash
2022-11-14 17:04:51
Bu vaziyatga tushganlar tushunadi

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
➥https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.9K views14:04
Ochish/sharhlash
2022-11-14 09:47:54 Mana senga o'sha kayf:
Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

@Abiturentlar_channel
65 views06:47
Ochish/sharhlash
2022-11-10 17:38:28
#Tezkor #Yengillik

To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 10 dekabrga qadar uzaytirildi

O‘qishini ko‘chirayotgan talabalar uchun bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘lash va talabalar safiga qabul qilishning so‘nggi muddati ham 10 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
139 views14:38
Ochish/sharhlash
2022-11-09 10:10:17
Voy yuragim!

Ilk bor respublikamizning 8 ta OTM Osiyodagi TOP 1000 talikdan joy oldi

Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti Osiyo Universitetlarining 2023-yil uchun reyting (QS Asia University Rankings 2023) natijalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ilk bor respublikamizning 8 ta oliy ta’lim muassasasi TOP 1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari ro‘yxatiga kiritildi.

QS ning bu yilgi reytingi bugungi kunga qadar eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 760 ta eng kuchli Osiyo universitetlarini qamrab olgan.

Shuningdek, reytingni shakllantirishda asosiy koʻrsatkichlar sifatida akademik va ish beruvchining obroʻsi, PhD darajasiga ega boʻlgan xodimlar soni hamda xalqaro talabalar ulushi kabi me’zonlar birinchi marotaba kiritildi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
107 views07:10
Ochish/sharhlash
2022-11-08 19:48:55 #tezkor #yangilik

Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham O'zbekistonga oʻqishini koʻchirishi mumkin

Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining oʻzbek talabalari ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois”ularning ham oʻqishini Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirishda amaliy yordam soʻragan.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul kilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining ham oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berildi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
213 views16:48
Ochish/sharhlash
2022-11-08 19:43:19 Abituriyentlar qishlog'i

O'zbekistondagi bir joy bor. Boshqa viloyat va tumanlarga qaraganda abituriyentlar soni juda ko'pligi sababli xalq orasida "abituriyentlar shaharchasi", " abituriyentlar qishlog'i" deb nomlanadi.

O'sha joy qayer?
Qaysi viloyatning qaysi tumanida?


Izohlarda fikrlaringizni qoldiring!
@Abiturentlar_channel
195 views16:43
Ochish/sharhlash
2022-11-08 19:40:53
Pedagogika yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar 2-kursdan boshlab maktablarda oylik olib ishlashi mumkin!

Vazir Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi talabalar bilan boʻlgan uchrashuvidan (21.02.2022)

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
215 views16:40
Ochish/sharhlash
2022-11-08 11:32:33 ​​BO‘SH KELMA, ABITURIYENT!

1. Ertaga imtihon deb o‘qing;

2. 15 kundan keyin javob chiqadi deb o‘qing;

3. Yana bir yilingiz bekor o‘tishini o‘ylab o‘qing;

4. Otajoningiz onajoningiz va boshqa sizga umid bog‘laganlarni ishonchini oqlab, ertaga byudjetga o‘qishga kirishni o‘ylab o‘qing.

5. Men o‘qishga kirdimiiiiim, deb baqirishni o‘ylab o‘qing;

6. Quvonch ko‘z yoshlari uchun o‘qing;

7. Ustozlarni shuncha vaqti bekorga ketmaganini isbotlash uchun o‘qing;

8. Nima bo‘ldi o‘qish deb so‘rashsa, Allohga shukur grantga kirdim deb kulib turish uchun o‘qing;

9. Eng asosiysi, ertangi kelajagingizga zamin yaratish uchun o‘qing! Ana o‘shanda InshaAlloh grantga o‘qishga kirasiz.

Omad bilimlilarga kulib boqadi. Hammangizga omad, hech qachon bilim olishdan charchamang!

Abituriyentlarga yuboramiz.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
288 views08:32
Ochish/sharhlash
2022-11-07 18:23:14 #rasman

Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti talabalariga 5 kunlik ta‘til e‘lon qilindi.

Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkazilish munosabati bilan 2022-yil 9 -10-11-12-13 noyabr kunlari barcha SamDTU talabalariga ta‘til e‘lon qilindi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
309 views15:23
Ochish/sharhlash