Get Mystery Box with random crypto!

TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY

Telegram kanalining logotibi abitu — TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY T
Telegram kanalining logotibi abitu — TA'LIM YANGILIKLARI | RASMIY
Kanal manzili: @abitu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 59
Kanalning ta’rifi

@ABITU - Ta'lim tizimidagi muhim xabarlar!
✔️Abituriyent va Talabalar uchun kerakli va foydali yangiliklar
@ABITU1

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

3

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-15 02:34:26
“Xalq taʼlimidagi birgina shu vaziyat, ahvolimiz qandayligini koʻrsatib beryapti” - Subyektiv ijodkorlaridan ajoyib video.

Bizni kuzatib boring
@ABITU
2.6K views23:34
Ochish/sharhlash
2022-06-12 12:09:19
Shakar olgan aybdor

Қишда бензин ва газга навбат кутилса, ёзда шакарга, йил бўйи мошинга, умр бўйи хаж ва умрга навбат кутилса..

Энг ажабланарлиси 21-асрда ўз пулига белгиланган миқдордан кўпроқ шакар олгани учун, орган ходимлари бошчилигида тасвирга олиб, уни жиноятчилардек оммага тақдим қилиши..

Одамлар ишлаб пул топиши, яшаш тарзини ўзгартириши, ижод қилиши, ихтиро қилишни ўрнига хали газга, хали бензинга, хали шакарга навбатда туриб умрини ўтқазиб юбораётгандек гўё...

Монополияга сабабчи бўлганларга Худо инсоф берсин...

Бахриддин Чустий

Каналга ўтиш:


@ABITU
3.4K viewsedited  09:09
Ochish/sharhlash
2022-06-10 04:01:42 GOOGLE

Telefon jiringlaydi:
- Xayrli kun. Google pissaxonasi, sizning xizmatingizda!
- Nima pissaxonasi?
- Google pissaxonasi. Nima buyurasiz?
- Haligi... bu "Sinor Pomidor" pissaxonasimasmidi?
- Afsuski edi, Google uni sotib oldi va xizmat doiramiz ana endi to‘liq bo‘ldi.
- Ajoyib! Unda buyurtmani qabul qilib oling.
- Xo‘p bo‘ladi! Buyurtmangiz odatdagidekmi?
- Odatdagidek? Siz mening buyurtmamni qayoqdan bilasiz?
- Bizda buyurtmachilarni aniqlash dasturi bor va unga ko‘ra siz oxirgi 53 safar shu raqamdan "Vezuviy" pissasi, ikki hissa pishloq, dudlangan go‘sht va kolaga buyurtma bergan ekansiz.
- Ha, bu tomoni hayolga kelmapti. Yaxshi, o‘sha buyurtma.
- Uzr, lekin sizga bir maslahat bersam maylimi?
- Mayli.
- Pissalarimizning to‘liq menyusi bormi sizda?
- Yo‘q.
- Bu eng to‘liq menyu va sizga tvorog va ko‘katli pissa va tuzlari kam mineral suv tavsiya qilardim.
- Tvorog? Ko‘kat? Esingizni yeganmisiz? Birontasini ham yoqtirmayman!
- Tushunaman, lekin sizning sog‘lig‘ingizni o‘ylab aytyapman buni. Sizda xolesterol miqdori juda yuqori...
- Buni qayerdan bilasiz?
- Bizning kompaniyamiz sayyoramizdagi eng katta ma’lumotlar bazasiga ega. Shu sababli sizning telefon raqamingiz va ism-sharifingiz orqali klinikaning virtual bazasidagi sizning analizlaringizni ko‘ra olamiz.
- He, tupurdim ma’lumotlar bazangizga! Tvorog va ko‘katli pissangiz kerakmas. Dorilar qabul qilaman. Shuning uchun istagan narsamni yeyishim mumkin. Tushunarlimi?
- Afsuski, siz o‘sha dorilarni keyingi vaqtlarda qabul qilmay qo‘ygansiz.
- Jin ursin! Bundan qanaqasiga xabardor bo‘lasiz? Ortimdan josuslik qilyapsizlarmi har kuni?
- Yo‘q, yo‘q! Biz, shunchaki, shahardagi barcha dorixonalar bazasini ko‘rib chiqamiz, siz u yerda 3 oy avval bo‘lgansiz xolos. Bitta qadoqda 30ta hapdori bo‘ladi xolos.
- Uxx... to‘g‘ri... Qanday bilding yaramas?
- Plastik kartochkangizdan.
- Nimaaa?
- Ha, siz har safar MMM banki plastik kartochkasidan dorixonaga to‘lov qilganingizda chegirmaga ega bo‘lasiz. O‘sha kartochkangiz bo‘yicha barcha chiqimlar ro‘yxati bizda bor. Oxirgi 3 oy ichida dorixonadan hech narsa sotib olmagansiz, balki boshqa do‘konlardan boshqa narsalar olgansiz. Demak, kartochkangiz yo‘qolmagan.
- Voy, onayni... Xo‘sh, nima bo‘pti? Naqd pul to‘lagan bo‘lishim mumkin-ku, a?
- Yo‘q, mumkinmas. Siz haftasiga faqat 100 $ naqd pul ishlatasiz va uni xizmatkoringizga maosh sifatida berasiz. Qolgan hamma chiqimlarni faqat plastik kartochkangiz orqali qilasiz.
- La’natilar! Xizmatkorimga qancha to‘lashimni qayoqdan bilib olishding?
- Axir, u ham ijtimoiy sug‘urtaga pul to‘laydi...
- He, yer yutsin hammangni!
- Ixtiyoringiz. Lekin aytilgan ma’lumotlarning barchasi oldimdagi kompyuter ekranida turibdi. Menimcha, siz yana doktoringizga ko‘rinib, tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Xuddi o‘tgan oydagidek. O‘shanda dorilar miqdorini aniqlab olish uchun tekshiruvdan o‘tgandingiz.
- Ey jin urgur, endi meni eshit! Hiqildog‘imga kelishding... sen ham, kompyuterlaring ham, Facebook va Twitterlaring ham. Shaxsiy hayot yo‘q bu la’nati joylarda.
- Iltimos, asabiylashmang. Bu sizning qo‘lingizda emas...
- O‘chir ovozingni! Ertagayoq sen la’natilarning hammalaringdan uzoq-uzoqlarga ketaman. Fidji oroligami, qayerga bo‘lsa ham. Interneti yo‘q, telefoni yo‘q, ortamdan kuzatadigan odamlari yo‘q joylarga...
- Ha, tushunaman sizni...
- Oxirgi marta o‘sha plastik kartochkamdan foydalanaman, samolyotga chipta sotib olish uchun. Keyin, dunyoning narigi burchagiga ketaman.
- Ajoyib...
- Buyurtmani bekor qil. Endi kerakmas pissalaring.
- Xo‘p... bo‘ldi bekor qildim. Ruxsat bersangiz, yana ikki og‘iz narsani bildirib qo‘ysam?
- Nima yana, alvasti?
- Sizning xorijga chiqish ruxsatnomangizning muddati o‘tib ketgan allaqacho...

Tuut-tuut-tuut...

Abdulaziz Saidalixanov tarjimasi.

@ABITU
3.0K views01:01
Ochish/sharhlash
2022-06-09 09:58:59 Qaror böyicha Talabalarning fikrlari

@ABITU
2.6K viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2022-06-09 09:55:42 Dushanbani Kabi Seshanbaga to'g'ri kelmayabdimi ?
Kimnidir qo'lidagi qòg'irchoqmi Toshqulov ?
2.4K views06:55
Ochish/sharhlash
2022-06-09 08:12:34
Oliy taʼlim vazirining “ichki perevod” boʻyicha taklifiga talabalarning fikri qanday?

“Faqat turmush qurganda emas, balki uning oilaviy sharoiti toʻgʻri kelmay qolganda ham, oʻqishni koʻchirishga imkon berish kerak” — deydi talabalardan biri.

@ABITU
2.7K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2022-06-09 06:36:14
#taqqoslash #talabalardan #ichki_perevod

O‘tgan yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan bo‘lib o‘tgan 2021/2022-qabul jarayonlari bo‘yicha yig‘ilishda, boshqa viloyatga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar, talabalar o‘zi propiskaga qo‘yilgan joyga perevod qilishi mumkin ekanligi haqida aytib o‘tilgan edi.

Lekin, oradan bir yil o‘tgandan so‘ng esa faqat 2 toifadagi talabalarga ichki perevodga ruxsat berilishi aytib o'tildi.

Bular:
Turmush qursa;

Davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa;


Ushbu ichki perevod bo‘yicha belgilanayotgan yangi qaror o‘tgan o'quv yilida bir nechta OTMga hujjat topshirib, boshqa viloyatga o‘qishga kirgan va o‘z viloyatiga yoki o'zlari uchun ta‘lim olishga qulay bo‘lgan hududga perevod qilishni reja qilayotgan talabalar uchun muammoli qaror bo‘lib qoldi.

@ABITU
2.4K viewsedited  03:36
Ochish/sharhlash
2022-06-09 00:18:38 Ichki Perevod Ta'qiqlandi . Ta'lim tizimi bunga tayyormidi .

Stipendiyani bir xil qilish orqali ancha qarshiliklarga uchragan Majidov Vaqti kelib o'rnini Toshqulovga bo'shatib berdi . Aynan shu qaror balki uning kursisini qimirlatib qo'ygandir . Endi O'z navbatida Toshqulov Ichki Perevodni bekor qilish orqali ancha qarshiliklarga uchramoqda .
Aynan shu Toshqulov bir muddat oldin, Noturdosh yo'nalishlarga ham Super Kontrakt orqali perevod qilish imkoniyatini Joriy qilgandi . Endi esa o'z tupurgani tupugini qaytib oldi .

Agar Vaziyatga holis baho beradigan bo'lsak Toshqulov aytgan ''Tuproqshunoslikdan Biologiyaga '' ya'ni turdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirishni tanqid qilgan. Ho'p bu oldindan xato edi va Toshqulov aytgan Korrupsiyalashgan tizim ekan, Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirish nega kerak . Hech bo'lmaganda yo'nalishini o'zgartirmagan holatda o'z hududiga o'qishni ko'chirish imkoniyatini saqlab qolishi kerak edi. Bu borada u Akademik Mobillik dasturini ilgari surdi. Buni amalga oshirish uchun hech qanday tayyorgarlik ko'rilmaganini inobatga olmaydigan bo'lsak Talabalarga bir muncha qiyinchilik tug'ilishi tabbiy holdir .

DTM ishlab chiqqan 5 ta OTM ga topshirish imkoniyatini inobatga oladigan bo'lsak, Surxondaryoga Davolash ishi yo'nalishiga kirgan andijonlik Talaba 6 yil Surxondaryoda qolishga majbur bo'lmoqda. Akademik mobillikga keladigan bo'lsak buni qo'llash uchun hali bir muncha ish qilinishi lozim edi. Isbot : Surxondaryodagi OTM da 2-kursda o'tilgan Fan Andijonda 3-kursda o'tiladi ya'ni Bir mamlakatdagi 2 ta OTM dasturi bir xil emas . Bu esa Akademik mobillikni qo'llash uchun kamida 2-3 yil tayyorgarlik ko'rilishi kerakligini bildiradi .

@ABITU
2.4K viewsedited  21:18
Ochish/sharhlash
2022-06-09 00:18:00
Toshqulov va Majidov

Yuboridagi ismi zikr qilingan 2 kishi Amaldagi va Sobiq Oliy Ta'lim Vazirlari.

Mantiqsiz Fikrlarga Holis fikrim

@ABITU
2.1K viewsedited  21:18
Ochish/sharhlash
2022-06-08 18:36:16 Qabul boshlanishiga 8 kun qoldi, ammo kvotalar hali tasdiqlanmadi

Qoidaga ko‘ra, har yili OTMlarga hujjat topshirish 15 iyundan boshlanishi kerak. Bunga atigi 8 kun vaqt qoldi. Lekin kvotalar hali yo‘q.

8 kun ichida nafaqat umumiy, balki tillar kesimida kvotalar tasdiqlanishiga ulguriladimi yoki avvalgi yillarda bo‘lganidek faqat nomiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochib qo‘yilib, lekin abituriyentlarga yo‘nalishlar tanlash imkoniyati berilmaydimi? Qani, ko‘ramiz, kuzatamiz va kutamiz.

@ABITU
2.2K viewsedited  15:36
Ochish/sharhlash