Get Mystery Box with random crypto!

Alijon Abduxamitov | Blog

Telegram kanalining logotibi abduxamitov_blog — Alijon Abduxamitov | Blog A
Telegram kanalining logotibi abduxamitov_blog — Alijon Abduxamitov | Blog
Kanal manzili: @abduxamitov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 15
Kanalning ta’rifi

💻 Siz ushbu kanalda dasturlash va IT sohasidagi eng so'ngi yangiliklardan boxabar bo'lib turasiz.
👨🏻‍💻 Hamda bu kanalda men sizlarga dasturlash va IT sohasiga bo'lgan shaxsiy mulohazalarimni o'rtoqlashaman.
Aloqa: @AbduxamitovBlog_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-06-01 13:46:14 Sizni professional dasturchi bo'lishdan to'sadigan 5 ta yomon odat.

1. Hamma narsani "o'zim bilaman" deb o'ylashlik.
Ya'ni dunyodagi hech bir dasturchi hamma narsani to'liq bilmaydi. Ba'zi dasturchilar ushbu kasbni doimiy o'rganuvchisi bo'lish kerakligini unutib qo'yishadi va o'zidan tajribaliroq dasturchining fikrini inobatga olmaydi.

2. Agar boshqa uning xatosini aytib, fikr bildirsa, darhol o'zini oqlab, himoyalanishga o'tadi. Xatosini tan olgisi kelmaydi. sog'lom muhokama bilan xatoni o'rganib, unga birgalikda yechim topishga harakat qilmaydi.

3. Yordam so'ramaslik. Balki kibr, balki uyalganligidan, bilmay turgan narsasi haqida boshqalardan yordam so'ramaydi. "Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim" - degan maqol dasturchilar uchun ham juda mos keladi.

4. Boshqalarni ayblash. Dasturchilar jamoa bo'lib ishlayotgan vaqtda, dasturda biror bir xato (bag) chiqsa, o'zi yozgan kodni tahlil qilmay turib: "falonchini deb dasturda xato chiqdi" - deb darhol birovni ayblashga o'tishadi.

5. Oddiy narsalarni murakkablashtirish. Ba'zida dasturlashda muammolar juda ham oddiy hal qilinadi. Oddiy yo'l bilan chiqib ketiladi. Ba'zi dasturchilar esa shu oddiy narsalarga kilolab, tonnalab kod yozib, o'zlari uchun murakkablashtirib qo'yishadi. Har narsani murakkablashtirish oson, lekin oddiy yechim topish juda qiyin. Oddiy narsani yasash — bu san'at asari hisoblanadi.

Zafarbek Ibrohimov

Bizning kanal:
@Abduxamitov_blog
919 viewsedited  10:46
Ochish/sharhlash
2021-05-31 08:58:25 Coders Team members

Sizlarga kichik jamoamizning a'zolari haqida ma'lumot bermoqchiman. Biz Coders Team nomli guruh tashkil qilganmiz. Hozirda birga dasturlashni o'rganib kelyabmiz va nasib qilsa kelajakda katta loyihalarni amalga oshiramiz.

Ular:
1. Abduhamitov Samandar - Frontend dev
2. Abduxamitov Alijon - Flutter dev
3. Baratov Muzrob - Golang dev
4. Rustamov Jahongir - Flutter dev
5. Tillaberdiyev Ibrat - NodeJs dev

Bular mening eng yaqin do'stlarim bo'ladi. Ular ajoyib loyihalarni amalga oshirganmiz(ITga kirishda edi). Endi Programmingda birgalikda xalq uchun foydali va manfaatli dasturlarni ishlab chiqishga harakat qilyabmiz.

P.S.: Jamoa bo'lishi juda muhim. Shu sababli o'z jamoangizni toping yoki o'zingiz jamoa tuzing :))

@ibratbekuz
109 views05:58
Ochish/sharhlash
2021-05-31 08:01:54
Portfolio nima va u qanchalik muhim?

Portfolio – frilanserning bajargan ishlaridan iborat toʻplam.

Frilanser uchun eng ustuvor narsa bu uning portfoliosi hisoblandi. Agar portfolio boʻlmasa buyurtma olish deyarli nol foizga teng.

Oʻzingiz uchun kuchli portfolio yarating. Unda qancha ish boʻlgani muhim emas muhimi ular kuchli bo'lishi kerak va sizning mahoratingizning to'liqligicha namoyish etilishi zarur.

Siz hoh fotosuratchi, dasturchi, dizayner bo'lsangiz ham, mustaqil portfoliosiz ish topishingiz juda qiyin boʻladi. Agar siz o'zingizning faoliyat sohangizda juda zo'r va tajribali bo'lsangiz ham, buni faqat portfoliongiz bilan isbotlashingiz mumkin.

Tasavvur qiling mijozga nolinchi reytingga ega bo'lgan va hech qanday portfolioga ega bo'lmagan frilanser yozmoqda. Loyihani sizga ishonishi dargumon. Hatto eng soddasini ham.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
832 views05:01
Ochish/sharhlash
2021-05-28 15:08:54
Kompyuter qarshisida ko'p o'tiruvchilar uchun maslahat va tavsiyalar.

― Agar siz kompyuterda ko'proq matnlar bilan ishlasangiz, limon iste'mol qiling. Bu o'z vaqtida xotira susayishini oldini oladi.

― Siz bir kunda 6-18 soat va undan ko'proq vaqt kompyuter qarshisida vaqt o'tkazsangiz, 0 darajadagi ko'zoynakni iloji boricha o'sha vaqt davomida yechmang. Iloji bo'lsa, kompyuterda ishlamagan vaqtlaringizda hamda o'zingizga qulay vaqtlarda ham shu ko'zoynakni taqib yuring.

― Kompyuter ekrani va klaviaturani iloji boricha har kuni arting. Bu allergik kasalliklarni kelib chiqishini oldini oladi. Qolaversa, kompyuterdan chiqayotgan reaksion nurlanish kamayishiga sabab bo'ladi.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
1.1K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-05-27 14:37:07 Python sintaksisi

Dasturlash tilining sintaksisi deganda shu dasturlash tilida kodlar qanday yozilishini tushiniladi. Dasturlash tillarining mantiqi deyarli bir xil bo'ladi, ular bir biridan sintaksisi bilan farq qiladi. Lekin bu degani hamma dasturlash tillari bir xil degani emas.

Python dasturlash tilining ham o'ziga xos sintaksisi bor. Shularda biri bu "indentation" - abzast. Python kod bloklarini "indentation" orqali ajratadi. "Indentation" tashlash uchun bo'sh joy tashlasangiz bas, u bitta bo'ladimi yoki ko'pligining farqi yo'q. Asosiysi eng kamida bitta va bir blok ichida bir xil tashlashingiz muhim.

if True:
print("Success")

Yana bir sintaktik jihati o'zgaruvchi yaratish uchun unga qiymat biriktirish yetarli. Ya'ni o'zgaruvchi yaratish uchun maxsus kalit so'zdan foydalanish shart emas.

x = 10

"Comment" - fikr qo'shishga keladigan bo'lsak, buning uchun Python - da "#" belgisidan foydalanasiz. Kodlaringiz orasida o'zingiz va boshqa dasturchilar uchun eslatma qo'shib ketish uchun yoki biror kodni vaqtinchalik ishlatmay turish uchun fikr qo'shasiz.

# Bu bir qatorlik fikr

Bu mantiq barcha dasturlash tillari uchun bir xil, shunchaki sintaksis farq qilishi mumkin. Shunday ekan, sintaksisni emas, mantiqni o'rganishga ko'proq e'tibor qarating.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
780 views11:37
Ochish/sharhlash
2021-05-24 06:55:57
Mobil qurilmangiz uchun dastur yarata olasizmi?

Hozirda dunyo aholisining deyarli barchasida mobil qurilmalar mavjud va ularning qariyb 80% dan ortig'i android tizimida ishlaydi! Bu esa Androidning yaqqol peshqadam ekanligini ko'rsatadi.

Bugungi kunga kelib 50 mlrd dan ortiq android ilovalari ro'yhatga olingan. Bu dunyo aholisidan qariyb 7 marta ko'p va talab kun sari ortib bormoqda.

Bundan ko'rinadi-ki, hozirgi kunda eng dolzarb kasblardan biri android dasturchilik bo'lib qolyapti.

Amerikada android dasturchilarning yillik daromadi 68 000-82 000 dollarni ko'rsatyapti. O'zbekistonda esa o'rtacha oyiga $2000 atrofida.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
823 views03:55
Ochish/sharhlash
2021-05-22 23:55:25
Najot Ta'lim 2020-yilning eng yaxshi brendlari qatoridan joy oldi

Milliy Marketing markazi
tomonidan 2020-yilning eng yaxshi brendlarini aniqlash maqsadida 2021-yilning 16-aprelidan 14-may sanasiga qadar o'tkazilgan "Yil brendi" tanlovining ovoz berish jarayoni yakunlandi.

Bugun, 22-may kuni ushbu loyihada ishtirok etgan nomzodlarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Sizning ovozingiz va qo'llab-quvvatlashlaringiz sababli Najot Ta'lim markazi "YIL BRENDI" tanlovining "Biznes kurslar" yo'nalishida g'olib bo'lib, 2020-yilning eng yaxshi 24 ta brendlari qatoridan joy egalladi!

Najot Ta'lim markazi uchun ovoz bergan barcha-barchaga jamoamiz nomidan chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Sizning ishonchingizni oqlash maqsadida doimo harakatdamiz!
96 views20:55
Ochish/sharhlash
2021-05-22 17:43:27
Git nima?
Git bu bepul, ochiq manbali, Linus Torvalds tomonidan 2005 yilda yaratilgan versiyani boshqarish tizimi. Versiyani boshqarish nima? Umuman olganda, bu vaqt o'tishi bilan fayllardagi o'zgarishlarni yozib olishga imkon beradigan tizim bo'lib, keyinchalik siz ushbu fayllarning o'ziga xos versiyalarini kuzatishingiz mumkin bo'ladi.

GitHub nima?
GitHub - bu Git repozitoriylarini boshqarishga imkon beradigan bulutga asoslangan hosting xizmati. Repozitoriylar bu yerda joylashgan barcha kod fayllarini o'z ichiga olgan papkaga o'xshaydi.

Bularning barchasi qanday ishlaydi?
Git va GitHubdan foydalanishnig bir qancha usullari mavjud, lekin ular bilan ishlashni boshlab olish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Buning uchun sizdan, dasturlashda master bo'lishingiz talab etilmaydi.

Oddiy bash buyruqlar:
pwd — sizning fayl sistemadagi joylashgan yo'lingizni ko'rsatadi.
ls — joriy papkadagi barcha fayl va boshqa papkalarning ro'yhatini ko'rsatadi
cd [ yo'nalish ] — ko'rsatilgan yo'nalishdagi papkaga ko'chadi.
687 views14:43
Ochish/sharhlash
2021-05-21 06:36:35
«Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi

Hujjatga muvofiq, 2021 yil 1-iyundan boshlab, yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi. Qaror bilan xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ularning xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Batafsil

Unga ko‘ra, talabgorlar bu masalada «O‘zbekistonning IT-iste'dodlari» portalida elektron ariza berib bepul ro‘yxatdan o‘tadi.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
714 views03:36
Ochish/sharhlash
2021-05-18 12:33:19 Dasturchilar qobiliyatlarini doimiy ravishda rivojlantirib borishi kerak

Dasturchilar, boshqa mutaxassislar singari, doimiy ravishda rivojlanishi kerak. Bugun biz sizga takomillashtirilishi kerak bo'lgan ko'nikmalar haqida gapiramiz.

Klaviaturada yozish tezligi
Ushbu ko'nikma loyihani qanchalik tez bajarishingizni va uning qanchalik katta bo'lishini belgilaydi. Ideal holda, siz kodni klaviaturaga qaramagan holatda yozishni o'rganishingiz kerak. Bunda sizga turli xil bosma simulyatorlar yordam beradi.

Ingliz tili
IT bo'yicha eng yangi va eng zamonaviy ma'lumotlar har doim ingliz tilida chiqadi. Albatta bu bir kun o'zgarishi mumkin, ammo yaqin orada emas. Agar siz hamma yangiliklardan xabardor bo'lishni va faqat eng yaxshilaridan foydalanishni istasangiz, unda chet el manbalarini o'qing.

Mantiq
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilgan amallar ketma - ketligi. Ushbu mahoratni rivojlantirish orqali dasturchi o'z ishining tezligini va kodning " tozaligini " oshiradi, bu uning loyihasida kamroq xatolarga olib keladi.

Bizning kanal: @Abduxamitov_blog
637 views09:33
Ochish/sharhlash