Get Mystery Box with random crypto!

Soat 21 : 00 men va eng kichik ukam suhbati Opa tortni qac | Roziyaxon_Abduvaliyevna blogi 👩‍🎓

Soat 21 : 00 men va eng kichik ukam suhbati

Opa tortni qachon tayyorlaymiz
- Hozir zakovatim bor ekan soat 22 dan keyin tayyorlayman, uxlayver
Yo'q kutib turaman
- Xòp unda Dilshoda bn TV ko'rib turila
Xo'p

Soat 22 : 30 ukam yonimga chiqdi

Opa tort qilamizmi
– Ha hozir @barakot_plus dagi tanlovni yakunlab olay
Xo'p

Shu tarzda tort tayyorladim, ukam menga yordamlashib turdi, umuman yonimda jilmadi . Tayyorlab bo'lib, uxlayman desam :

Oyim : idishingni yuvib keyin uxla òzi ertalab ham ancha ish bor.

– Oshxonaga kirib separatni va boshqa sutni idishlarini ko'rgan men
shuncha narsani hozir yuvamanmi, yo'q ertalab yuvaman

O'zing ishlatganingni yuvib kirib ketaver
– Xo'p yuvaman

Uyga kirib men qo'rqaman, qish chillasi yur ukam qarab tur

Dadam : bor o'g'lim opangga qarab tur
Kettik opa


Soat 00:40

– Idish yuvyapman, ukamdan qiziqib so'radim. Temurbek nega haligacha uxlamading, shunchalik tort qilishimga qiziqdingmi ???
Yo'q opa, men seni yaxshi ko'rganim uchun kutdim

Shu gapni eshitganimdan keyin barcha charchoqlarim unutilib ketdi Alhamdulillah

Ana endi uxlasam bo'ladi
Barchaga hayrli tun