Get Mystery Box with random crypto!

3 oydan beri Najot Ta'limda Dasturlash yo'nalishining intensiv | Abdusattor

3 oydan beri Najot Ta'limda Dasturlash yo'nalishining intensiv ta'lim turi (bootcamp) uchun qabulni to'xtatib qo'ygan edik.

Ayni vaqtda ushbu yo'nalishning birinchi bosqichi foundation uchun 1500dan oshiq o'quvchi ro'yxatda turibdi. Bizdagi muammo buncha o'quvchini oflayn formatda bir vaqtning o'zida o'qita olmaslik, shuning uchun yangi tartib joriy qildik. Endilikda dasturlash yo'nalishining intensiv shakli (bootcamp)da o'qimoqchi bo'lgan o'quvchilar quyidagilardan imtihon topshirishi shart:

1. Mantiq (35 ta savol, 70 ball)
2. Ingliz tili (30 ta savol 30 ball)
3. Ingliz tilida qisqa esse (maksimal 120 ta so'z, 20 ball)

Umumiy miqdorda 120 ball to'plash mumkin. Rejaga ko'ra, 3 oktabrgacha imtihon topshirilgandan so'ng, eng yuqori ball to'plagan 400 nafar o'quvchini o'qishga qabul qilmoqchimiz. Maqsad eng yaxshilarini saralab olish. Eng yaxshilaridan biri bo'lsangiz, iltimos keling, sizni ko'rib faqat xursand bo'lamiz!

Imtihonga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998712001123