Get Mystery Box with random crypto!

Qanday va nima uchun 3D Modeler bo'lish kerak? 1. Fantaziya v | Abdusattor

Qanday va nima uchun 3D Modeler bo'lish kerak?

1. Fantaziya va tasavvur qilish.
Modelerning asosiy vazifasi — muayyan narsaning 3D modelini tayyorlash. Xoh u mashina bo'lsin, xoh u uy bo'lsin. Barcha ishlar kompyuterda qilinadi, xohishga ko'ra 3D printer orqali chiqarib olish mumkin.

2. Chizish.
Ha, chizishni ham bilish kerak. Hayolingizdagi predmetni qog'ozga ruchka yoki qalam orqali eskizini tushirish kerak. Asosiysi — prinsiplarni bilish va 3D modelni ichki qismini tasavvur qila olish kerak.

3. Qaysi dasturlarni o'rganish kerak?
• AutoCAD
— 2D va 3D modellar yasash uchun qulay dastur;
• 3Ds Max — Mashxur dastur bo'lib, u orqali ham 2, 3D modellar yasash mumkin.

Nima uchun 3D modeler bo'lish kerak?

1. Yuqori maosh.
3D modeling sohasi xoh frilansda bo'lsin, xoh ayni bir kompaniyada bo'lsin — maosh yuqori. O'zbekiston sharoitida 3D modeling orqali o'rtacha, yoki kamida 6.000.000 —7.000.000 so'm topish mumkin. Agar sizda tajriba bo'lsa, portfoliongizda proyekt ko'p bo'lsa, yoki frilans orqali saytlarda sotsangiz — oyiga 30.000.000 so'mdan ham ko'proq topasiz.

2. 3D modelerga bo'lgan talab.
Ushbu soha yangi va endi o'sayotgan sohalardan biri bo'lib, bu soha bo'yicha 100% professional yo'q, bo'lsa ham, juda kam. Agar siz ushbu sohani hozirdanoq o'rganishni boshlasangiz, kelajakda ushbu sohaning lideri, yoki 3D-modeling studiyalari egasiga aylanishingiz mumkin. Barchasi o'z qo'lingizda.

@abdusattor