Get Mystery Box with random crypto!

3D ikonlar haqida gaplashamiz Agar Oramizda dizayner do'stlar | Abdusattor

3D ikonlar haqida gaplashamiz

Agar Oramizda dizayner do'stlarimiz bo'lsa, bilishadi. Hozirgi kunda dizayn ishlarida 3D ikonlar juda ko'p foydalanmoqda. Qaysidir ma'noda bu kabi ikonlar dizayn ishlarida o'z o'rniga ega bo'lmoqda.

Bunday ikonlarning internet saytlarda ham bozori chaqqon. Faqat bir nechta ikonlar yasab, daromadga chiqish qiyin. Ikonlar yasab ularni kamida 500 ta dizayn ishiga bo'lib, internetga joylasangiz, shunda siz yaxshi daromadga erishasiz. 500 ta dizayn ishiga loyiq ikonlarning soni eng kami 5000 ta bo'lishi kerak.

Ushbu 3D ikonlar Photoshop, CorelDraw, Illustrator, Figma, 3Ds max dasturlarida tayyorlanadi. Ularni o'rganishni esa YouTube orqali boshlang. YouTube'ga "3D icon's design" deb qidiruv bersangiz kifoya :)

Agar ishlarni boshlab, yaxshi natijalarga erishayotgan bo'lsangiz, ishlaringizni bizga yaqin bo'lib qolgan freepik.com, envato.com, Shutterstock.com kabi saytlarda sotishingiz mumkin bo'ladi. Omad

@abdusattor