Get Mystery Box with random crypto!

Time managementmi yoki energy management? Qaysi biriga amal qi | Abdusattor

Time managementmi yoki energy management? Qaysi biriga amal qilish kerak?

Har birimiz samaradorlikni oshirishimiz uchun, har haftada 168 soatimizni qanday qilib foydali o'tkazishni belgilab chiqamiz. Lekin mana shu soatlar ichida biz bilamizki, ba'zi vaqtlarimiz ba'zilaridan ko'ra ko'proq energiyaga boy o'tadi.

Vaqtimizdan unumli foydalanishimizni eng oson usuli bu - energiyamizdan eng unumli ravishda foydalanishimizdir.

• Kunning qaysi qismida energiyaga boyroq bo'layotganingizni aniqlang va ko'p vaqt oladi deb o'ylagan ishlaringizni shu vaqtda bajarishga odatlaning.

• Doim renergiyalanib turing. O'tirib ishlayotgan bo'lsangiz, turib har xil harakatlar va mashqlar qiling va ko'proq suyuqlik iching. Ana shunda energiyangizni kun davomida bir xil taqsimlay olasiz.

• Energiyangiz susaygan paytlarda esa, ongsiz bajariladigan ishlarni odat qiling.

@abdusattor