Get Mystery Box with random crypto!

Bugun marketingning 'Sell by ego' (Igo orqali sotish) uslubini | Abdusattor

Bugun marketingning "Sell by ego" (Igo orqali sotish) uslubini ko'rib chiqamiz.

*Ego (igo) - shaxsiy xudbinlik, o'zini sevish, o'zini yerga urib qo'ymaslik deb jaydari tarjima qilib qo'ya qoldim) Matnda so'z tarjima qilinmagan holatda uchraydi!

Ego orqali sotish bu sotishning haqiqiy, hamma ham bilmaydigan, juda kuchli instrumentidir. Ego orqali sotish asosan bir martali sotuvlarda qo'llaniladi. Undan boshqa holda qo'llash mumkin emas. Xo'sh o'zi ego orqali sotish nima narsa?

Ego orqali sotish bu xaridorning mahsulot uchun qurbi yetmasligini, undan ko'ra bu do'kon (avtosalon, servis, segment..)dan chiqib ketishini ironiya orqali kesatib sotishdir. Yana ham chunarli bo'lishi uchun ushbu misolni keltiramiz: - Rolls Royce avtosaloniga samokat uchib kelgan, shippak va shortik maykada bir kishi kirib keladi. U sotuvchidan o'ziga eng yaqin bo'lgan Rolls Royce avtomobilini narxini so'raydi. Sotuvchi esa mijozga boshdan oyoq xuddi yerga urayotganday past nazar bilan qarab,"bu yerga menimcha adashib kirib qoldingiz" deb javob qaytaradi va kuladi. Mijozning esa shaxsiy xudbinligi tutib qoladi va avtosalonda $750 000 lik chek bilan, eng qimmat Rolls Royce ni olib chiqadi.

Sotuvchi mijozni yerga urgandek ko'rinsa ham, aslida u mijoz bilan individual yondashgan va ataylab mijozni xudbinligini tuttirmoqchi bo'lgan va uni uddalagan. Bu holatni kelin ko'ylak salonlarida va yoki mebel do'konlarida uchratishingiz mumkin. Chunki asosan bu kabi materiallar umr mobaynida bir marotaba sotib olinadi. Yoki eng kamida uzoq yillarga sotib olinadi.

Insonning eng katta dushmani bu ego'sidir. Mana tepada ko'rganingizdek bir multimillionerning egosi uni $750 ming ga tushirdi. Sizni o'z ego'yingiz eng ko'pida necha pulga tushirgan?

Men esa aytmay qo'yaverdim..))

@abdusattor